«Liverpul» darvozaboni: «Men bir necha yildan beri klubni tark etishni xohlayman»

Irlandiyalik «Liverpul» darvozaboni Kellexer jamoani tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.

«Oxirgi bir necha yil ichida men “Liverpul”ni tark etib, birinchi raqamli bo‘lishni xohlayotganimni aniq aytdim. Ba’zida tashqaridan bu 100 foiz mening qarorimdek tuyuladi, lekin, ehtimol, hammasi menga bog‘liq emasdir», – deydi Kellexer.

25 yoshli Kellexer 2019 yildan beri «Liverpul»ning asosiy jamoasida o‘ynamoqda. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter