«Inter» Fransiya chempionati yulduzini ko‘z ostiga olib qo‘ydi

«Lill» hujumchisi Jonatan Devid Milanning «Inter» klubining ehtimoliy nishoni hisoblanadi.

«Neradzurrilar» sifatli erkin agentlarni o‘z saflariga jalb qilish qobiliyati bilan mashhur va aynan shu sxema bo‘yicha kanadalik kelasi yozda imzolanishi mumkin – uning «Lill» bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Jurnalist Alfredo Pedulla xabariga ko‘ra, «Inter» «Yuventus» bilan birga 24 yoshli futbolchining holatini kuzatib bormoqda.

Jonatan Devid ortda qolgan yozda Milan klubida paydo bo‘lishi mumkin edi: «Inter»ga forvard xizmati taklif qilingandi, ammo transfer Markus Tyuram sotilgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter