«Chelsi» Mareska qo‘l ostida 4 ta o‘yindan 2 tasida yutqazdi

Enso Mareska qo‘l ostida “Chelsi” 4 o‘yindan 2 tasida mag‘lub bo‘ldi.

Bugun London jamoasi Konferensiyalar ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvida «Servett»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Ko‘klar” birinchi uchrashuvdagi g‘alaba (2:0) evaziga turnirning umumiy bosqichiga yo‘l olishdi.

Yangi murabbiy boshchiligidagi dastlabki to‘rtta rasmiy o‘yinda “Chelsi” ikki marta g‘alaba qozongan va ikki marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

1 sentyabr kuni jamoa Premyer-liganing 3-turi doirasida «Kristal Pelas» bilan uchrashadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter