«Arsenal» ispaniyalik darvozabon uchun 20 million yevro sarflashga tayyor

«Arsenal» «Espanyol»ga darvozabon Joan Garsiyaning transferi bo‘yicha taklif bilan chiqdi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

London klubi «Sautgempton»ga o‘tadigan Aaron Remsdeyl o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda va Garsiya uchun 20 million yevro taklif qildi. Bu miqdorga bonuslar ham kiradi.

«Espanyol» futbolchi uchun 30 million yevro olmoqchi, bu uning tovon puli miqdori. Joanning o‘zi «Arsenal»ga o‘tmoqchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter