Gexining «Nyukasl»ga o‘tish ehtimoli pasayib bormoqda

Himoyachi Mark Gexining yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar «Kristal Pelas»dan «Nyukasl»ga o‘tishi dargumon. «The Guardian» xabariga ko‘ra, «qarg‘alar» hali ham so‘ralayotgan 70 million funt sterlingni (taxminan 83 million yevro) to‘lamoqchi emas. Shu sababdan transfer amalga oshishi dargumon.

Shu bilan birga, «Kristal Pelas» tavakkal qilmoqda, chunki 24 yoshli Mark Gexining amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Himoyachi kelasi yozda «Nyukasl» taklif qilayotganidan arzonroqqa sotilishi mumkin.

E’tibor bering, bu yozda Mark Gexi Yevropa chempionatida Angliya terma jamoasi safida asosiy himoyachilardan biri edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter