Sirigu 13 yildan so‘ng A Seriyadagi sobiq klubiga qaytdi

Darvozabon Salvatore Sirigu «Palermo»ga ko‘chib o‘tdi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.

Futbolchi erkin agent sifatida transfer qilindi. 37 yoshli italiyalikning shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Darvozabon 2006-2011 yillarda «Palermo»da o‘ynagan.

O‘tgan mavsumda futbolchi «Nissa» va «Fotih Karagyumruk» safida harakat qilgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter