Roysning gol va golli uzatmasi jamoasiga g‘alaba keltirdi

«Los-Anjeles Gelaksi» MLS doirasidagi o‘yinda «Atlanta Yunayted»ni mag‘lub etdi. Uchrashuv Los-Anjelesdagi «Dignity Health Sports Park» stadionida bo‘lib o‘tdi va 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.

76-daqiqada ispaniyalik yarim himoyachi Riki Puch hisobni ochdi. Marko Roys golli uzatmani amalga oshirdi. 85-daqiqada Roys gol urib, hisobdagi farqni oshirdi.

Ayni damda «Atlanta» 28 ochko bilan MLS turnir jadvalida 20-o‘rinda bormoqda. «Los-Anjeles Gelaksi» 52 ochko bilan umumiy jadvalda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter