Anchelotti: «O‘z stadionimizda o‘ynash biz uchun har doim muhim»

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Valyadolid” bilan La Liganing 2-turidan o‘rin olgan uy uchrashuvi oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘z stadionimizda o‘ynash biz uchun har doim muhim. Biz yana qaytishni istaymiz, chunki biz u erda uzoq vaqt o‘ynamadik. Biz yaxshi o‘ynashimiz, uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz va kunni yaxshi o‘tkazishimiz kerak.

Bu hafta o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. «Malyorka» bilan o‘yinda nima bo‘lmagani ustida ishladik. Biz nima bo‘lganini yaxshi tushundik va uni tuzatishga harakat qildik. «Valyadolid»ga qarshi o‘yin yaxshi sinov bo‘ladi», – deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

«Real Madrid» – «Valyadolid» uchrashuvi 25 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning bosh hakami vazifasini Viktor Garsiya Verdura bajaradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter