Sudakov: «Mudrikda hamma narsa bor»

Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Georgiy Sudakov «Chelsi» vingeri Mixail Mudrikning o‘yini haqida gapirdi.

«Mixail – cheklanmagan ajoyib o‘yinchi. O‘ylaymanki, u o‘zining fazilatlari tufayli “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi mumkin, ammo hammasi unga bog‘liq. U o‘zining eng yaxshi fazilatlarini ko‘rsata olishiga ishonaman. Mamlakatimizda iste’dodlar ko‘p va u biz uchun ajoyib o‘rnak», — deya Sudakov so‘zlarini keltiradi The Guardian.

Mixail Mudrik 2023 yilning yanvarida «Shaxtyor»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi. Futbolchi 41 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter