«Barselona»ning Roke bo‘yicha pozisiyasi aniq

Vitor Roke «Betis»ga ijaraga o‘tishga yaqin turibdi.

Marca xabariga ko‘ra, «Barselona» «Sporting»ning yanada foydali taklifini rad etgan – ma’lum bo‘lishicha, portugal klubi 19 yoshli forvard uchun 20 million yevro va bonuslar taklif qilgan.

«Betis» Rokeni 1 yoki 2 mavsumga ijaraga olishi kutilmoqda – klub hozirda «Barselona» bilan shartnoma tafsilotlarini, jumladan, ijara shartnomasining muddati va sotib olish huquqini muhokama qilmoqda.

Qayd etilishicha, Rokening kelajagi masalasida rahbariyatdagi kelishmovchiliklarga qaramay, Kataloniya klubi braziliyalik futbolchiga hamon ishonadi va “Betis”ga o‘tish futbolchining muvaffaqiyatiga xizmat qiladi, deb hisoblaydi.

Hujumchi “Barselona” safida 16 ta o‘yin o‘tkazgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter