Simeone Alvaresning debyuti haqida gapirdi

Madridning “Atletiko” klubi boshqaruvchisi Diyego Simeone hujumchi Xulian Alvaresning o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Matraschilar»ning yangi yulduzi dushanba kuni bo‘lib o‘tgan «Vilyarreal»ga qarshi La Liganing 1-tur uchrashuvida debyut qildi. 24 yoshli forvard 78-daqiqada 2:2 hisobi vaqtida zaxiradan maydonga tushdi.

«Xulian asta-sekin jamoaga qo‘shilib, jamoadoshlari bilan tanishib bormoqda. U hali ham bizning o‘yin tizimimizga ko‘nikishi kerak. Umid qilamizki, u biz bilan birga o‘zining barcha xislatlarini rivojlantira oladi», – dedi Simeone o‘yindan keyin ispan OAVlariga bergan intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter