Xabib Modrichni e’tirof etdi

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarda yangi post chop etib, unda «Real»ni UYEFA Superkubogidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

«Qaymoqranglilar» Italiyaning «Atalanta» jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, kubok sohibiga aylanishdi.  

Ijtimoiy tarmoqdagi «storis»ida Xabib Madrid klubini belgilab, jamoa sardori Luka Modrichning mushtdan iborat emojilar bilan eslab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Luka jamoaning eng sovrindor futbolchisiga aylandi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter