«Liverpul» Klark orqali qancha pul ishlab oladi?

«Liverpul»ning yosh futbolchisi Bobbi Klark faoliyatini Avstriyada davom ettiradi. 21 yoshli yarim himoyachi tez orada «Red Bull Zalsburg» safiga qo‘shiladi.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «qizil buqalar» angliyalik uchun 10 million funt sterling (11,5 million yevrodan ko‘proq) to‘laydi.

«Liverpul» ham futbolchining kelajakdagi qayta sotilishi summasining 17,5 foiziga ega chiqishi mumkin.

Bundan tashqari, ingliz grandi o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchisini qaytarib sotib olish huquqiga birinchi bo‘lib ega bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter