Abraham «Milan»ga o‘tadimi?

«Roma» hujumchisi Temmi Abraham «Milan»ning unga qiziqish bildirayotgani haqidagi ma’lumotga izoh berdi.

O‘tgan mavsumni jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan angliyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar «rossonerilar» hisoblanardi.

«Milan» haqidagi mish-mishlar yoqimli, chunki ular menda hammasi yaxshi ekanligidan dalolat beradi. Lekin men bor e’tiborimni «Roma»ga qaratganman, jarohatdan keyin birinchi mavsumoldi mashg‘ulotimni o‘tkazyapman.

Agar Fikayo Tomori meni «Milan»ga chaqirsa, qanday munosabatda bo‘laman? Biz yaxshi do‘stmiz, tez-tez muloqot qilamiz, lekin, takror aytaman, hozir mening barcha fikrlarim faqat «Roma»da», – deya Abrahamning so‘zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter