«MYU» futbolchisi: «Ten Xag allaqachon sovrinlarni yutib olishga qodirligini isbotlagan»
«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Jonni Evans bosh murabbiy Erik ten Xagning sovrinlarni yutish qobiliyatini yuqori baholadi.
Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik mutaxassis ikki mavsumda «mankunianliklar» bilan ikkita sovrin – 2023 yilda Liga kubogi va 2024 yilda Angliya Kubogini qo‘lga kiritgandi.
«Ten Xag allaqachon sovrinlarni yutib olishga qodirligini isbotlagan. U kubok bahslarida ajoyib statistikaga ega. Erik ko‘pincha g‘olib bo‘lish haqida gapiradi. Bu klubga kerak», – dedi Evans «Manchester Yunayted» rasmiy saytiga.
Ten Xag qo‘l ostida «mankunianliklar» 2023 yilda ham Angliya kubogi finalida o‘ynagan, ammo o‘sha uchrashuvda «Manchester Siti» kuchliroq bo‘lib chiqqandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/