Parij-2024. Shohruh Davlatov Olimpiada o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi

Erkaklar o‘rtasida marafon g‘oliblari aniqlandi. 42 km, 195 metr masofaga kechgan bahsda efiopiyalik Tamirat Tola yangi Olimpiya rekordi (2:06.26) bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Kumush medal belgiyalik Bashir Abdiga (2:06.47) nasib etgan bo‘lsa, keniyalik Benson Kipruto (2:07.00) kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Hamyurtimiz Shohruh Davlatov esa 30-kilometrdan so‘ng o‘zini yomon his qilgani bois trassadan chetga chiqdi va finishga yetib bora olmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter