Germaniyalik futbolchi «Atalanta»ga o‘tishni orzu qiladi

«Union Berlin» chap qanot himoyachisi Robin Gosens hamon transfer oynasi tugaguncha jamoasini tark etmoqchi. Jurnalist Nikolo Skira bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Torino» germaniyalik himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirgan, ammo Turin klubi vakillarining unga taklif qilgan loyihasi futbolchiga yoqmagan.

Manbaning ta’kidlashicha, Gosens «Atalanta»ga qaytishni orzu qiladi, u yerda u ilgari faoliyatidagi eng yaxshi futbolni namoyish etgan. Eslatib o‘tamiz, A Seriyada Robin bir yarim mavsum o‘tkazgan va «Inter»da ham o‘ynashga muvaffaq bo‘lgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter