Netu «Chelsi»ga transferini yakunlash uchun Londonga yetib bordi

Pedru Netu «Chelsi»ga o‘tishini yakunlash uchun Londonga yetib keldi.

Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, «Vulverxempton»dan 60+3 million yevroga sotib olinayotgan vinger shanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng 2030 yilgacha shartnoma imzolaydi va yana bir mavsumga uzaytiradi.

«Chelsi» portugaliyalik istalgan qanotda muvaffaqiyatli o‘ynay oladi va moslashishni biladi deb hisoblaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter