«Fiorentina» Olimpiada o‘yinlari bronza medali sohibi bilan shartnoma imzoladi

«Reyms»ning markaziy yarim himoyachisi Amir Richardson «Fiorentina»ga o‘tadi, deb yozadi Fabrisio Romano.

«Binafsharanglilar» 22 yoshli futbolchi uchun 9 million yevro + 1 million bonus to‘laydi. «Reyms» yana Amirning keyingi sotuvidan 10% oladi.

O‘tgan mavsumda Richardson 28 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida Marokash terma jamoasi bilan birgalikda turnirda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter