Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimida Tom Kruz xavfli chiqishni namoyish qiladi

Mashhur Gollivud aktyori Tom Kruz Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimida “Missiya: imkonsiz” filmi uslubida xavfli kaskadyorlik ko‘rinishini namoyish qiladi.

62 yoshli aktyor Olimpiya bayrog‘ini ko‘targan holda «Stad de Frans» tomidan arena maydoniga tushadi.

Bunga qadar oldindan yozib olingan qisqa video namoyish etiladi, uning davomida Kruz bayroq bilan samolyotda Atlantika okeani bo‘ylab uchadi.

“Olimpiada ajoyib. Ajoyib hikoyalar, ajoyib sportchilar. Sportchilarning musobaqalarda qilayotgan ishlari aql bovar qilmaydigan darajada, ularda muvaffaqiyat hissi bor”, — deya aktyorning so‘zlarini keltiradi The Sun.

U avval 2004-yilda Gresiyaning Afina shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiada mash’alasi estafetasi ishtirokchisi bo‘lgan.

Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi 11-avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter