«Borussiya»ning sardori kim bo‘lishi ma’lum

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Nuri Shahin yangi mavsumda kim jamoa sardori bo‘lishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sardorlik bog‘ichini «arilarni»ni erkin agent sifatida tark etgan Nuri Shahinga tegishli edi.

«Yangi mavsumda jamoa sardori Emre Jan bo‘ladi. Vise-sardori Yulian Brandt, uchinchi sardor esa Niko Shlotterbek bo‘ladi. Bizda Marsel Zabitser va Gregor Kobel kabi elchilar ham bo‘ladi», — dedi Shahin.

Jan 2021 yilda Turinning «Yuventus» klubidan «Borussiya Dortmund»ga o‘tgan edi. Yarim himoyachi avvalroq Angliyada “Liverpul” safida ham o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter