«Napoli» Lukaku transferi ustida ishlashda davom etmoqda

«Chelsi» hujumchisi Romelu Lukaku hali ham «Napoli»ga mumkin.

Londonliklarning rejalariga belgiyalik forvard kiritilmagan, «Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte esa forvardni o‘zining asosiy transfer maqsadlaridan biri deb biladi. Muammo shundaki, klublar Lukakuning transferi shartlari bo‘yicha kelisha olmayapti, biroq muzokaralar hali yakuniga etmagan. Sky Sport xabariga ko‘ra, «Napoli» 31 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish ustida ishlamoqda, uning uchun «Chelsi» 40 million yevro talab qilmoqda.

Lukakuni Osimxenga almashtirish hali ham inkor etilmagan, ammo bu amalga oshish ehtimoli past variant – hozir «ko‘klar» «Atletiko» hujumchisi Samuel Omorodionni sotib olishga e’tibor qaratishgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter