Parij-2024. Safina Sa’dullayeva ishtirokini yettinchi o‘rinda yakunladi

Mahoratli yengil atletikachimiz Safina Sa’dullayeva Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini tugatdi.

Balandlikka sakrash bo‘yicha final dasturida qatnashgan hamyurtimiz 1.95 metr natija bilan yettinchi pog‘onani egalladi. Sa’dullayevaning munosib ishtiroki uchun tashakkur aytib, kelgusi faoliyatida unga omad tilab qolamiz.

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter