Anchelotti: «Real» faoliyatimdagi so‘nggi klub bo‘ladi»

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelajagi haqida fikr bildirdi.

Italiyalik murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, u «Los-Blankos» safini tark etgach, boshqa klublarga murabbiylik qilmasligiga ishonmoqda.

«O‘ylaymanki, «Real Madrid» faoliyatimdagi so‘nggi klub bo‘ladi. Ayni damda terma jamoaga murabbiylik qilish g‘oyasi menga yoqmaydi, chunki men o‘zimga eng yoqadigan narsani – har kuni futbolchilar va xodimlar bilan ishlashni sog‘inaman» – dedi Anchelotti The Obi One bilan suhbatda.

Avvalroq Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan bog‘liq mish-mishlar tarqalgan edi. Italiyalik mutaxassisning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter