«Barselona»ni shu hafta ichida Olmoning transferini yopmoqchi

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Leypsig» yarim himoyachisi Dani Olmoning transferi bo‘yicha kelishuvni yopish ustida faol ishlamoqda.

Jurnalist Ferran Martinesning xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» shu hafta ichida transferni yakunlamoqchi. Eslatib o‘tamiz, «Leypsig» 26 yoshli yarim himoyachi uchun tovon puli sifatida 60 million yevro talab qilmoqda, biroq «Barselona» hali nemis klubining moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emas.

Hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Olmo avvalroq yoshlar darajasida o‘ynagan «Barselona»ga qaytishga tayyor. Yarim himoyachining xizmatlariga «Manchester Siti» va «Bavariya» ham qiziqish bildirmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter