Jota jarohatlar haqida: «Bu nokautga o‘xshaydi»
Diogo Jota jarohatlarni kamaytirish ustida ishlayotganini aytdi.
«Jarohat bilan bir muddat safdan chiqqaningizda, bu nokautga o‘xshaydi. Agar jamoa yaxshi ishlamasa va siz yordam berolmasangiz, bundan ham yomon.
Natijalar unchalik yaxshi bo‘lmaganda, sizning ikki baravar xafsalangiz pir bo‘ladi, chunki siz u yerda yordam berishingiz mumkin edi, deb o‘ylaysiz. Bu juda yoqimsiz tuyg‘u.
O‘tgan mavsum ayniqsa yomon o‘tdi, chunki yaxshi damlarda uch marta jarohat oldim. Men formaga kirish uchun ko‘p harakat qildim, lekin har safar jarohatlar tufayli muvaffaqiyatim sekinlashdi.
Men sog‘lom bo‘lishni xohlayman va buning ustida mavsum oldidan ishlayapman», dedi «Liverpul» vingeri.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/