Eberl Goreskaning «Bavariya»dagi istiqbollarini baholadi

«Bavariya» sport direktori Maks Eberl ushbu transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachi Leon Goreskaning istiqbollariga baho berdi.

«Har bir futbolchi bilan shaxsan gaplashdim. Yarim himoyada raqobat juda shiddatli bo‘ladi. Har bir futbolchi bunga qanday munosabatda bo‘lishini o‘zi hal qilishi kerak», – dedi Eberl matbuot anjumanida.

Goretska o‘tgan mavsumda “Bavariya”ning asosiy o‘yinlarida doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmagandi. Futbolchi o‘tgan yozda jamoani tark etishi mumkin edi, ammo oxir-oqibat «Allianz Arena»da qolishga qaror qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter