Sebalyos kelajagi haqida bir qarorga keldi

Yarim himoyachi Dani Sebalyos kelajagi borasida bir qarorga keldi. TodoFichajes portalining xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi «Real»da qolishga qaror qilgan.

Sebalyosga bir qancha klublardan takliflar bo‘lgan, ammo u Madrid jamoasida qolishni afzal ko‘rgan. Dani qachondir o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishiga amin.

Hammasi bo‘lib Dani Sebalyos «Real Madrid» safida 147 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter