«Chelsi» Chiluell bilan xayrlashishga tayyor

«Chelsi» chap qanot himoyachisi Ben Chiluellni ushbu transfer oynasida sotishga tayyor. «The Athletic» xabariga ko‘ra, himoyachi yangi bosh murabbiy Enso Mareskaning rejalariga kiritilmagan. Jamoaning asosiy chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya bo‘lishi kutilmoqda, u Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevro-2024ni ishonchli o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi uch mavsumda Chiluell turli jarohatlar tufayli aksariyat o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan. Bu «Chelsi» rahbariyati uchun futbolchini sotish foydasiga yana bir dalil bo‘lib xizmat qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter