«PSJ» «Manchester Yunayted» yulduzi bilan kelishuvga erishdi

«Manchester Yunayted» vingeri Jeydon Sancho «PSJ»ga o‘tishga tayyor.

Fransuz klubi 24 yoshli futbolchi bilan prinsipial kelishuvga erishdi, biroq ayni damda bozordagi boshqa nomzodlarga ustunlik bermoqda, deb xabar beradi Sports Zone. «Manchester Yunayted» angliyalik futbolchini 60 million yevroga sotishga tayyor.

«PSJ»ning qiziqishlari ro‘yxatidan Xvicha Kvarasxeliya («Napoli»), Rafael Leau («Milan») va Dezire Due («Renn») ham bor.

Jeydon Sancho Dortmundning «Borussiya»sida olti oylik ijara muddatidan so‘ng «Manchester Yunayted»ga qaytdi. Futbolchi «qizil iblislar» bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan mojaroni hal qildi va shu sababli jamoaning mavsumoldi o‘yinlarida ishtirok etadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter