Makron Olimpiadaning ochilishi haqida: «Buni 100 yildan keyin muhokama qilish mumkin!»
Emmanuel Makron Parijdagi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimini yuqori baholadi.
Bu haqda Fransiya prezidenti marosimning badiiy rahbari Tom Jolli va san’atkorlarga aytib o‘tdi. Marosim bir kun avval, 26 iyul kuni bo‘lib o‘tdi.
«Bravo! Biz juda faxrlanamiz. Siz Fransiyani porlatdingiz.
Ushbu noyob va sehrli lahza uchun ishtirokchilarga rahmat. Huquqni muhofaza qilish va favqulodda xizmatlar, agentlar va ko‘ngillilarga rahmat. Bunga ishongan barchaga rahmat. Buni 100 yildan keyin muhokama qilish mumkin! Biz uddaladik!» – dedi Makron.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/