Sobkin: «Olimpiya o‘yinlarida Sinnerdek yorqin sportchilar kamayib bormoqda»
Rossiyada xizmat ko‘rsatgan tennis murabbiyi Boris Sobkin reytingda birinchi o‘rinni egallab turgan italiyalik tennischi Yannik Sinnerning Parijdagi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi haqida fikr bildirdi.
«Sinnerning Olimpiadada qatnasha olmasligi juda achinarli, chunki u hozirda jahon tennisidagi eng kuchli sportchilardan biri.
U deyarli barcha tennischilarni mag‘lub etgan, ammo turli vaqtlarda.
U qiziqarli, yorqin, ancha yosh va ilg‘or o‘yinchi. Zamonaviy tennis yetakchilaridan biri. O‘ylaymanki, u bu rolda asta-sekin o‘zini namoyon qiladi: agar u birinchi bo‘lmasa, ikkinchi bo‘ladi, ikkinchi bo‘lmasa, uchinchi bo‘ladi. Lekin bundan pastga tushishi dargumon. Yannik barcha kortlarda juda yaxshi o‘ynaydi. Uning sezilarli kamchiliklari yo‘q.
Turnir, albatta, Sinnerning kortda yo‘qligi sababli biroz o‘z obro‘yini yo‘qotadi. Olimpiya o‘yinlarida bunday yorqin sportchilar kamayib bormoqda.
Shunga qaramay, Alkaras, Medvedev va boshqa tennischilar, jumladan, amerikalik Shelton Parijga yo‘l olishdi. Ular ko‘tarilmoqda, yosh. Ularning o‘yinlarini tomosha qilish juda qiziq, turnir esa Olimpiadada qiziqarli bo‘lishini va’da qilmoqda», — dedi Sobkin “Dvijeniye” radiosi orqali.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/