«Roma» avstraliyalik posbon bilan shartnoma imzolaydi
Avstraliya terma jamoasi sardori va darvozaboni Metyu Rayan faoliyatini A Seriyada davom ettiradi.
32 yoshli Rayan klubda bir yarim yil ishlagandan so‘ng shu yozda «AZ Alkmaar»ni tark etdi. Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, darvozabon «Roma» bilan hamkorlikni yana 2 mavsumga uzaytirish varianti bilan bir yillik shartnomaga kelishib olgan.
Rayan 2017 yildan 2021 yilgacha «Brayton»da o‘ynagan. Shuningdek, u faoliyati davomida “Arsenal”, “Real Sosyedad”, “Valensiya”, “Bryugge”, “Kopengagen” va boshqa klublarda o‘ynagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/