Ispaniyada «Oltin to‘p» borasida fikrlar ikkiga bo‘lingan

Ispaniya terma jamoasi futbolchilari “Oltin to‘p”ni Rodriga topshirishga chaqirishdi.

Ispanlar finalda Angliyani mag‘lub etib (2:1) Yevro-2024 g‘olibiga aylanishdi. “Manchester Siti” yarim himoyachisi turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Madriddagi chempionlik paradida futbolchilarni sardor Alvaro Morata birin-ketin sahnaga chaqirishdi. Rodri tomoshabinlar oldiga chiqqach, uning jamoadoshlari «Rodri, Oltin to‘p! «Oltin to‘p», «Oltin to‘p»! deya hayqirishdi. Muxlislar ham bunga qo‘shilishdi.

Shu bilan birga, bu qo‘shiqlar paytida Xoselu Dani Karvaxalga ishora qildi. O‘tgan mavsumda ular «Real»da birga o‘ynab, klub bilan uchta sovrinni qo‘lga kiritishgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter