Oyarsabal: «Bu hamma uchun birdek qadrli bo‘lgan oila»
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal Yevro-2024 finalida Angliyaga qarshi o‘yinda (2:1) g‘alaba keltirgan gol haqida fikr bildirdi.
«Men o‘z vazifamni bajardim, bu men qilishim kerak bo‘lgan ish edi. Menga g‘alaba keltirish baxtiga muyassar bo‘ldim. Og‘ir kunlarni boshdan kechirayotganingizda, bu yerda bo‘lish juda qadrlidir. Juda xursandman. Bu hamma uchun birdek qadrli bo‘lgan oila», – dedi Mikel Oyarsabal Marca bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/