Van Deyk hakam haqidagi savolga: «Meni muammoga duchor bo‘lishimni xohlaysizmi?»

Niderlandiya terma jamoasi chorshanba kuni Yevropa chempionatining yarim finalida Angliyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, so‘nggi daqiqalarda ikkinchi golni o‘tkazib yubordi.

Niderlandiya muxlislarda birinchi bo‘limda Xarri Keynga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun belgilangan penalti borasida hali ham savollar bor. Qolaversa, o‘yindan oldin ham futbol doiralarida Feliks Svayerning o‘yinga tayinlanishi qizg‘in muhokama qilingan. O‘z vaqtida bu hakam poraxo‘rlik uchun jazolangan. Niderlandiya terma jamoasi sardori Virjil van Deyk Angliyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng hakam haqida o‘z fikrini bildirmadi.

– Kelishilgan o‘yinlarga aloqador hakam ushbu yarim finalda ishlaganidan xursandmisiz?

– Muammolarga duch kelishimni xohlaysizmi? – deb van Deyk jurnalistga javob berdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter