Grizmann: «Men shikoyat qiladigan odam emasman»
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Yevropa chempionati yakunlarini sarhisob qildi. Kecha, 9 iyul kuni fransuzlar yarim final uchrashuvida Ispaniya terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi.
«Men chempionatni yomon boshladim va zaxira o‘rindig‘ida qoldim…
Men bor kuchimni berishga harakat qildim, shuningdek, turli pozisiyalarga moslashishga majbur bo‘ldim. Biz butun Yevroda himoyada juda yaxshi o‘ynadik, lekin hujumda juda ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy berdik va bu bizga zarar yetkazdi.
Zaxira? Shunday bo‘ladi. Futbolchining hayoti shunday. Boshqalar bir daqiqa ham o‘ynamadi, men shikoyat qiladigan odam emasman», – deya Grizmann so‘zlarini keltirmoqda Footmercato.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/