Futboldagi eng yaxshi «bog‘lamlar» aniqlandi

FourFourTwo portali jurnalistlari yangi reytingni tuzdilar.

Bu safar maydon markazida (ikkitadan to‘rttagacha) o‘yinchilarning futbol tarixidagi eng yaxshi kombinasiyalari aniqlandi.

Birinchi o‘rinni «Barselona»dan Buskets – Xavi – Inyesta kombinasiyasi egalladi. Reytingda keyingi o‘rinda Alonso – Buskets – Xavi triosi joylashgan.

Kuchli uchlikni “Manchester Siti”da o‘ynagan Kevin de Bryuyne, Fernandinyo va David Silva yakunladi. To‘rtinchi o‘rin Ispaniya terma jamoasidan Xabi Alonso, Serxio Buskets, Sesk Fabregas va Xavi Ernandes bo‘ldi.

Kuchli beshlikni «Milan» vakillari Rui Koshta, Andrea Pirlo, Klarens Zeedorf va Jennaro Gattuzo yakunladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter