Leau: «Saboq olamiz va kuchliroq bo‘lamiz»

Portugaliya terma jamoasi vingeri Rafael Leau Yevropa chempionati-2024’dan chiqib ketishi haqida fikr bildirdi.

Chorrak finalda Portugaliya terma jamoasi Fransiyaga imkoniyatni boy berdi (0:0, 3:5 penaltilar).

«Biz uchun bu Yevropa chempionati tugadi. Qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat. Maydonga chiqqan har bir kishi 100 foiz borini berdi.

Biz saboq olamiz va kuchliroq bo‘lamiz», – dedi futbolchi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter