Florensi «Milan»ning rejalariga kiritilmagan

«Milan» himoyachisi Alessandro Florensi ushbu transfer oynasida jamoasini tark etish ehtimoli yuqori. Jurnalist Nikolo Shkiraning xabariga ko‘ra, italiyalik yangi bosh murabbiy Paulo Fonsekaning rejalariga kiritilmagan.

Florensi xizmatlariga Italiyaning «Komo» va «Fiorentina» kabi klublari qiziqish bildirmoqda. Alessandroga «Valensiya» hamda Saudiya Arabistoni va AQSH klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Italiya A Seriyasining so‘nggi turida 33 yoshli himoyachi “Milan” safida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter