Uolkott: «Artetadan hatto Venger ham qo‘rqardi»

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Teo Uolkott jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Mikel Arteta haqida gapirdi.

«Arteta haqidagi tasavvurimdagi burilish nuqtasi u bilan «Arsenal»da o‘tkazgan tajribam bo‘ldi. Biz o‘shanda kuchli to‘rtlikka kirmagan edik. Biz 30 daqiqada mashg‘ulot o‘tkazdik va Arteta xuddi murabbiydek hammani kiyinish xonasiga qamab qo‘ydi. U hamma narsani nazorat qildi va haqiqatni aytdi. Arsen Venger mashg‘ulotlarga chiqishimizni kutayotgandi, lekin Arteta tufayli chiqmadik. U shunday kuchli xarakterga ega ediki, hatto Venger ham undan qo‘rqardi», – dedi Uolkott Up Front nashriga.

«Arsenal» so‘nggi Angliya chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter