Braziliya ustozi: «Bir kunda jamoa tuzib bo‘lmaydi»

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dorival Junior uning jamoasi to‘g‘ri yo‘lda ekanligiga ishonmoqda.

Braziliyaliklar Amerika Kubogini yomon boshlashdi, guruh bosqichining birinchi turida Kosta-Rika bilan durang o‘ynadi. 29 iyun kuni «pentakampeonlar» urugvaylik raqiblar bilan uchrashadi.

«Albatta, biz birinchi o‘yinda boshqacha natija kutgandik, biroq o‘yin mazmuniga ham qarashimiz kerak. Men qilayotgan ishimizga to‘liq ishonaman. Bizning ishimiz endigina boshlandi, ammo ishonchim komilki, biz to‘g‘ri yo‘nalishda ketyapmiz. Biz xotirjam va o‘zimizga ishonchni saqlashimiz kerak – agar siz doimo shubha qilsangiz, hech narsaga erisha olmaysiz. Bir kunda jamoa tuzib bo‘lmaydi», – dedi Dorival ikkinchi davra o‘yini arafasida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter