Rakitichni e’tirof etishdi

Chorshanba kuni Xorvatiya terma jamoasi Yevropa chempionatida Albaniyaga qarshi o‘yinda maqbul natijaga erisha olmadi.

Aftidan, xorvatlar 0:1 hisobini 2:1ga aylantirib qaytgandek edi, ammo yakunda albanlar gol urishdi – yakunda hisob 2:2 bo‘ldi.

Final hushtagi yangraganidan bir necha soat o‘tgach, Xorvatiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ivan Rakitich ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.

U muxlisning postini «repost» qildi. Unda Rakitichning surati va “Xorvatiya tarixidagi eng yaxshi futbolchi” yozuvi bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter