«Arsenal» «Nyukasl» yulduzi transferini qanday yakunlash yo‘lini topdi

Londonning «Arsenal» klubi «Nyukasl»ning tayanch yarim himoyachisi Bruno Gimaraesning transferini qanday qilib amalga oshirishni o‘ylab topdi. Football Transfer ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» braziliyalik futbolchi uchun o‘z futbolchilaridan birini va qo‘shimchasiga pul ham bermoqchi.

Gimaraesning shartnomasidagi tovon puli 115 million yevroni tashkil etishi avvalroq xabar qilingandi. «Arsenal» bunday pulni to‘lamoqchi emas, lekin ular o‘z futbolchilari yordamida narxni pasaytirishga qarshi emas.

«Arsenal» bu yozda «Nyukasl»ga Emil Smit-Rou, Eddi Nketia va zaxira darvozaboni Aaron Remsdeyldan birini taklif qilishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter