Kyeza uchun kutilmagan xaridor paydo bo‘ldi

Italiya terma jamoasi hujumchisi Federiko Kyeza Myunxenning “Bavariya” futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda.

«Yuventus» ham shartnomani 2025 yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Ammo hozircha 26 yoshli vinger bor e’tiborini Yevroga qaratgan. Turnir yakunlanganidan keyin qaror qabul qilinadi. Transferning kutilayotgan narxi 30-40 million yevroni tashkil qiladi.

Kyeza terma jamoa bilan Yevro-2024da ishtirok etmoqda. Turnirning ilk o‘yinida ularning raqibi Albaniya terma jamoasi bo‘ldi. Uchrashuv Italiya terma jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter