«Boka Xuniors» «MYU»ning sobiq posboni bilan shartnomani uzaytirdi
Aprel oyida «Manchester Yunayted»ning sobiq darvozaboni Serxio Romero «Boka Xuniors» bilan shartnomasini uzaytirmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Ushbu voqea soir bo‘ldi – 37 yoshli darvozabon Argentina klubida kamida yana bir mavsum o‘tkazadi, kelishuv 2025 yil oxirigacha amal qiladi.
«Serxio Romero klub bilan shartnomasini 2025 yil oxirigacha uzaytirdi», – deya ma’lum qildi Argentina klubi matbuot xizmati.
O‘z vaqtida Serxio «Manchester Yunayted»dan tashqari Italiyaning «Venesiya», «Sampdoriya» kabi klublarida ham o‘ynagan. Romero hozirgi jamoasida 2022 yildan buyon o‘ynamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/