Fyullkrug tepgan to‘p muxlisning qo‘lini sindirdi

Germaniya terma jamoasi markaziy hujumchisi Niklas Fyullkrug Shotlandiyaga qarshi o‘yin oldidan mashqlar paytida muxlislardan birining qo‘lini sindirib oldi.

Hujumchi darvozani ishg‘ol qilish maqsadida zarba bergan, biroq noaniq ketgan to‘pni qaytarmoqchi bo‘lgan muxlisning qo‘li singan. 43 yoshli erkak kasalxonaga yotqizilgan va ochilish o‘yinini kasalxonada tomosha qilgan.

Germaniya terma jamoasi o‘z maydonidagi musobaqani ishonchli boshladi va Shotlandiyani 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter