Premyer-liganing 3 klubi «Tottenxem» himoyachisini maqsad qilgan

Londonning «Tottenxem» klubi ushbu transfer oynasida markaziy himoyachisi Jo Rodonni doimiy ravishda sotishi mumkin.

Futbolchi o‘tgan mavsumni Chempionshipda “Lids” safida ijara asosida o‘tkazgandi. Football London xabariga ko‘ra, Rodonga «Ipsvich», «Lester» va «Sautgempton» klublari qiziqmoqda.

26 yoshli uelslik futbolchi 2020 yilda «Tottenxem»ga ko‘chib o‘tgan, biroq haligacha asosiy jamoada o‘z o‘rnini topa olmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter