Virs Yevro ochilish o‘yinlari tarixidagi eng tezkor ikkinchi golni kiritdi

Yevro-2024 dagi ilk golni Shotlandiyaga qarshi o‘yinning 10-daqiqasidayoq gol urgan Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Florian Virs kiritdi.

Yevropa chempionatlari ochilish o‘yinlari tarixida faqat bir marta bundan tezroq gol urilgan. 2004 yilda gresiyalik Georgios Karagunis portugaliyaliklar bilan uchrashuvning 7-daqiqasida gol urgan edi.

Shuningdek, dastlabki o‘yinlarning dastlabki 20 daqiqasida 1960 yilda yugoslaviyalik Milan Galich, 1976 yilda chexoslovakiyalik Anton Ondrush va 2012 yilda polshalik Robert Levandovski gol urishgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter