«Inter» hujumchisi oldida takliflar bisyor

«Inter» hujumchisi Aleksis Sanches jamoani tark etadi, deya xabar beradi Nikolo Skira.

35 yoshli Sanches erkin agentga aylanadi. Unga allaqachon Turkiyaning “Trabzonspor”, Gresiyaning “Panatinaikos”, shuningdek, Saudiya Arabistoni chempionati va MLS klublaridan takliflar bor.

Aleksis Sanches joriy mavsum “Inter” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter